Oq uy Zelenskiy tasviri tushirilgan tangani sotuvga chiqardi
Uning narxi 100 dollarni tashkil qiladi.

Oq uyning rasmiy do‘konida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy surati tushirilgan kolleksiya tangasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda AQSH ma’muriyati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tanganing narxi 100 dollarni tashkil qiladi. Unda Zelenskiyning 2022-yil 7-mart kuni AQSH Kongressiga qilgan videomurojaati tasvirlangan.
“Bu dunyodagi eng yirik harbiy va moliyaviy kuchga favqulodda virtual murojaat edi”, — deyilgan Oq uy matbuot xizmati xabarida.
Tangalar sotuvidan tushgan foydaning barchasi Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun yuboriladi.








