O‘zbekistonda 3,5 balli zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri Toshkentdan 493 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

Bugun, 17-aprel kuni soat 14.35 da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida kuzatilgan. Uning kuchi 3,5 balni tashkil etgan.
Zilzila koordinatalari 40,43 gradus shimoliy kenglik. Chuqurlik 15 kilometrga yetgan. Episentr Toshkentdan 493 km janubiy-g‘arbda joylashgan.








