Roman Abramovich Kiyevga keldi
Tashrifdan maqsad Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlash.

Rossiyalik oligarx Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokara jarayonini qayta boshlash uchun Kiyevga keldi. Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sanksiya qo‘yilgan tadbirkor Ukraina delegasiyasi a’zolari bilan uchrashib, muzokaralarni qayta boshlash yo‘llarini muhokama qilgan.
Bu tashrif haqida na Prezident devonidan, na Kremldan rasmiy ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Ukraina prezidenti ma’muriyati Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar jarayonida juda samarali vositachi ekanligini ma’lum qilgandi.








