Samarqandda gaz balloni portashi oqibatida 3 kishi vafot etdi
Ular og‘ir kuyish tan jarohati sabab shifoxonada vafot etishgan.

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida gaz balloni chaqnashidan kuyish tan jarohatini olgan er-xotin va ularning 10 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda “Daryo.uz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 11-aprel kuni ertalab soat 07:00 atrofida Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida xonadonda foydalanib kelingan gaz ballondagi portlash sabab uch kishi og‘ir, 80–90 foiz kuyish tan jarohatini olgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan 45 yoshli xonadon egasi, uning 42 yoshli xotini va 10 yoshli qizi jarohat olib, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.
15-aprel kuni chaqnashdan 90 foiz kuygan ona va qizi vafot etgan bo‘lsa, 16-aprel kuni oila boshi olamdan o‘tgan.








