Sirdaryoda terroristik guruhga qo‘shilmoqchi bo‘lgan yigitlar qo‘lga olindi
Ular ijtimoiy tarmoqda aqidaparastlik g‘oyalaridan dars olib kelishgan.

Sirdaryo viloyatida Suriyadagi “Katibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan “virtual guruh”ga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar qo‘lga olindi.
Mazkur shaxslar Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtrok etib kelishgan va ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.
To‘plangan materiallar asosida Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








