O'zbekiston

Sirdaryoda to‘liq yonib ketgan “Nexia-1” topildi

Avtomashina 9-aprel kuni noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Sirdaryoda to‘liq yonib ketgan “Nexia-1” topildi

 

9-aprel kuni soat 06:15 da Sardoba tumani Turon ko‘chasida yashovchi 42 yoshli fuqaro Sirdaryo viloyati “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, unda joriy yilning 9 aprel kuni soat 04:00 dan soat 06:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs tomonidan u tomonidan ishonchnoma qog‘ozi asosida boshqaruvida bo‘lgan oq rangli “Nexia-1” rusumli avtomashinasi eshigi ochiq va kaliti joyida qolganidan foydalanib, yashash uyi oldidan olib qochib ketilganligi haqida ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxslarni topishda hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida jabrlanuvchiga tegishli avtomashina Sardoba tumani “Qo‘yitosh” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtoyo‘lining 6-kilometrida to‘liq yongan holatda topilgan.

 

Avtomashina ko‘zdan kechirilgan vaqtda noma’lum shaxs tomonidan avtomashinaning davlat raqamlari va muqaddam avtomashinada mavjud bo‘lgan gaz ballon hamda orqa yukxonasidagi zaxira g‘ildiragi yechib olib ketilganligi aniqlangan.

 

Tergov-tezkor harakatlar davom ettirilib, mazkur jinoyatni Sardoba tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 30 yoshli fuqaro sodir etganligi, uning yashash xonadoni tintuv qilinganida, unda olib qochilgan “Nexia-1” rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan bir dona gaz ballon hamda bir dona avtomashina zaxira g‘ildiragi mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sirdaryoda to‘liq yonib ketgan “Nexia-1” topildi | Zamon.uz