Surxondaryoda ikkita “Neksiya–3” avtomashinasi to‘qnashib ketdi
Hodisa oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi voqea joyida halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea 14-aprel kuni Angor tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
“Angor—Jarqo‘rg‘on” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan “Neksiya–3” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-karshi yo‘nalishdagi “Neksiya–3” transport vositasi bilan to‘qnashadi. To‘qnashuv zarbidan avtomashinalardan birida yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida “Neksiya–3” haydovchisi va uning ichida bo‘lgan 45 yoshli erkak va ayol hayot uchun og‘ir tan jarohati olib, voqea joyining o‘zida vafot etgan.
Avtohalokat sabablari o‘rganilganida, har ikki haydovchining guvohnoma olganiga hali 3 yil ham bo‘lmagani aniqlangan.








