Toshkentda “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xodimlarni haqoratlagan shaxs sud qilindi
Fuqaro bundan avval ham ushbu harakatni sodir etgan.

9-aprel kuni Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro mast holatda “102”ga tungi soat 3:00 dan tongga qadar qo‘ngiroq qilgan va operatorni hech bir sababsiz, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, u avval ham bu ishni sodir etgan. Bir necha marotaba IIB ga murojaat qilgan va yolg‘on ma’lumot bergan. Shu sabab javobgarlikka ham tortilgan. Xatolaridan to‘g‘ri xulosa qilmagan 42 yoshli shaxs yana sud oldida javob berdi. Bu safar unga nisabatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.








