Ukrainada fuqarolarga Zoom orqali turmush qurishga ruxsat berildi
Endi nikohlar bir kun ichida rasmiylashtiriladi.

Ukraina hukumati harbiy holat vaqtida masofadan turib turmush qurushga ruxsat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Qayd etilishicha, hukumat harbiy holat davrida nikohga kirish tartibini soddalashtirgan, endi buni ariza topshirilgandan keyin bir kun ichida masofadan turib, “Zoom” orqali amalga oshirish mumkin.
Shu bilan birga, ma’lum shartlar asosida nikohlar FHDYO bo‘limlarida ham qayd etilishi mumkin.








