Bugun Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkent shahar hokimlgi bugun poytaxtda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida ogoxlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.
“Sizdan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








