Hindistonda yana COVID-19 ko‘paymoqda
Ayrim shtatlar bekor qilingan karantin choralariga qaytmoqda.

Hindistonda kunlik COVID-19 holatlari soni bir oy ichida birinchi marta 2 000 dan oshdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Kerala shtatida o‘limlar soni keskin ortgan.
O‘tgan yili shu vaqtda Hindiston global COVID inqirozining markaziga aylangan edi, ammo o‘shandan beri vaziyat yaxshilandi. Yaqindagina ko‘plab ehtiyot choralari, shu jumladan niqob taqish bekor qilingan edi.
Mamlakat hukumati yangi avj olishga qarshi keskin choralar ko‘rish maqsadida yakshanba kunidan boshlab barcha katta yoshdagi aholiga kuchaytiruvchi vaksinalarni taklif qildi.
Poytaxt Nyu-Dehli maktablar uchun yana COVID ehtiyot choralarini kuchaytirdi va Hindistonning eng ko‘p aholisi bo‘lgan qo‘shni Uttar-Pradesh yana ba’zi tumanlarda jamoat joylarida majburiy niqob rejimini qaytardi.
Hindiston koronavirusdan jami 522,000 ga yaqin o‘lim haqida xabar berdi, ammo ko‘plab global ekspertlar haqiqiy o‘lim soni bir necha yuz milliondan to‘rt milliongacha bo‘lishi mumkinligini aytishgan.








