Kamoliddin Rabbimovning hibsga olingani bo‘yicha rasmiy izoh berildi
Unga nisbatan MJtKning 3 ta moddasi bilan ish ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqda taniqli siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning yo‘qolib qolgani xaqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz sayti jurnalisti Ilyos Safarovning yozishicha, u 15 sutkaga qamalgan. Holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi rasmiy izoh berdi.
Qayj etilishicha, 17 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Chaqar” mahallasida o‘tkazilayotgan sanitariya-profilaktik tadbirlar jarayonida fuqaro Kamoliddin Rabbimov xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashib, ularning ishiga to‘sqinlik yaratib, qonuniy talablarini bajarmagan.
Holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan materiallar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.








