Jahon

Kolumbiyada yirik narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

U mamlakatning eng xavfli jinoyatchilaridan bo‘lgan.

Kolumbiyada yirik narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

 

Kolumbiyada harbiylar va politsiyachilar tomonidan “Ko‘rfaz to‘dasi” narkoguruhi rahbarlaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Diyego Molano maʼlum qildi.

 

Gap Faustio Palasios haqida ketmoqda. Molanoning so‘zlariga ko‘ra, u qidiruvdagi eng ashaddiy jinoyatchilardan bo‘lgan. Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlarining maʼlum qilishicha, Palasios 2012 yilda “Ko‘rfaz to‘dasi”ga kirgan. 2016 yilda u narkoguruhning bo‘linmalaridan biriga jo‘natilgan, 2021 yilda esa uning qurolli qanoti rahbariga aylangan.

 

“Ko‘rfaz to‘dasi” 1.5 mingga yaqin jinoyatchini birlashtirgan. Ularning katta qismini konservativ qarashlarga ega bo‘lgan isteʼfodagi harbiylar tashkil etgan. Uning rahbari Dairog Antonio Usuga bo‘lgan. U uzoq yillar davomida Kolumbiyaning eng ashaddiy qidiruvdagi jinoyatchilaridan bo‘lgan. O‘tgan yilning 23 oktyabrida Usuga qo‘lga olinadi.

 

Avvalroq O‘ta xavfli jinoyatchi Google Maps sababli qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kolumbiyada yirik narkobaronlardan biri qo‘lga olindi | Zamon.uz