Latviyada NATOning bir oylik mashg‘ulotlariga start berildi
Unda alyansning aksariyat davlatlari ishtirok etadi.

Latviyada NATO bo‘linmalari ishtirokida yirik mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Mashg‘ulotlar 18 apreldan 27mayga qadar davom etadi. U Namejs 2022 deb ataladi. Mashqlardan ko‘zlangan maqsad – mudofaa maqsadlariga erishish uchun milliy va ittifoqchi kuchlarning integratsiyasini yaxshilash. Uning birinchi bosqichida AQSH, Chexiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Litva va Estoniya harbiylari ishtirok etadi.
Bu davlatlar mexanizatsiyalashgan bo‘linmalar, artilleriya, aviatsiya va desant bo‘linmalari bilan qatnashadi. Jami 3 mingdan ortiq harbiylarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq NATO sharqiy qanoti kuchaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







