O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastlashda davom etmoqda
Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda Markaziy bankning rasmiy Telegram kanali xabar berdi.Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,40 so‘mga pasayib, 11 278,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.







