Richard Gir Ukraina xalqiga videomurojaat yo‘lladi
Gollivud yulduzi mamlakatga xayriya yordamini ko‘rsatmoqchi.

Gollivud aktyori Richard Gir ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bo‘yicha u Ukraina xalqiga videomurojaat yo‘llagan.
Unda aktyor ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va Ukrainaga xayriya yordamini ko‘rsatuvchi "Care Crisis" fondiga qo‘shilganini ma’lum qilgan.
“Ayollar, bolalar, kichkina o‘g‘il-qizlar, qariyalar urushdan qochishga majbur. Qo‘rquv, ochlik, sovuqlik, xavfsizlik va yordam izlab sargardon. Muammolar bilan yuzma-yuz qolmaganman, men “Care Crisis” Ukraina jamg‘armasiga qo‘shildim”, — degan aktyor.








