Jahon

Saudiya Arabistoni Yaman prezidentini isteʼfoga chiqishga majbur qilgan — WSJ

Ar-Riyodda 30 mart — 7 aprel kunlari Yaman bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.

Saudiya Arabistoni Yaman prezidentini isteʼfoga chiqishga majbur qilgan — WSJ

 

 

Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Xadi Saudiya Arabistoni bosimi ostida isteʼfoga chiqqan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

 

Gazetaning Yaman va Saudiya amaldorlariga asoslanib tarqatgan maʼlumotlariga asosan, Ar-Riyodda Yaman nizosi tomonlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muxammad bin Salmon prezidentga o‘z vakolatlarini topshirish bo‘yicha hujjat taqdim etgan. Shuningdek, u muzokaralarning barcha ishtirokchilari Xadining isteʼfosiga rozilik bildirganini aytgan. Gazeta manbalari, shuningdek, saudiyaliklar Yaman yetakchisiga uning korrupsiyaga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlarni oshkor qilish bilan tahdid qilganini qayd etishgan.

 

7 aprelga o‘tar kechasi Xadi Prezident boshqaruv kengashi tuzilganini va o‘zining barcha vakolatlarini o‘tish davrida ushbu tuzilmaga topshirishini eʼlon qildi. Kengash rahbari etib Rashod Muhammad al-Alimiy tayinlangan. U Saudiya Arabistoni bilan qalin aloqalarga ega deb taxmin qilinadi.

 

Yamanda fuqarolar urushi 2014 yildan buyon davom etmoqda. 2015 yilda Saudiya Arabistoni boshchiligida koalitsiya markaziy hukumat tomonida urushga qo‘shildi. Ushbu nizo yirik gumanitar inqirozga olib keldi. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 24 million yamanlik (aholining 80 foizi) gumanitar yordamga muhtoj.

 

Avvalroq Saudiya neft obyektlariga Yaman xusiylari hujum uyushtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni Yaman prezidentini isteʼfoga chiqishga majbur qilgan — WSJ | Zamon.uz