Toshkent viloyatida “Lada-Largus” “Isuzu” bilan to‘qnashib ketdi
Hodisaga haydovchilardan birining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Bugun, 18-aprel kuni soat 06.15 da Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Lada-Largus” rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida uxlab qolib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “Isuzu” rusumli yuk mashinasining orqa tomoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida “Lada-Largus” avtomobili ichida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








