Toshkentdagi internet klublardan birida yigitlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi
Hodisa oqibatida 17 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqda 17 yoshli o‘quvchining vafoti haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 17-aprel kuni taxminan soat 18.00 da Sergeli tumanida joylashgan Internet klublarning birida sodir bo‘lgan. U yerda 18 yoshli yigit bilan 17 yoshli maktab o‘quvchisi o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Kelishmovchilik oqibatda 18 yoshli yigit voyaga yetmagan maktab o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgan. Yetkazilgan tan jarohati oqibatida o‘smir kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (“Qasddan badanga ogir shikast yetkazish”) boyicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan va tergov davom etmoqda.








