Andijonda 5 ta avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 19-aprel kuni soat 09.00 atrofida Andijon tumani “Qo‘shariq” MFY hududida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport xodisasi ro‘y berdi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtohalokatda “Damas”, “Tiсo”, “Neksiya” va ikkita “Lasetti” rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida “Damas” haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








