Ilon Mask shaxsiy uyi yo‘qligini ma’lum qildi
Uyim bo‘lmagani uchun ko‘pincha do‘stlarimnikida qolaman, degan u.

Dunyoning eng boy odami, “Tesla” rahbari Ilon Mask o‘zining shaxsiy uyi yo‘qligini va ko‘pincha do‘stlarinikida qolishini aytdi. Bu haqda u “TED” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hozirda o‘zimning joyim yo‘q, men tom ma’noda do‘stlarim bilan qolaman. Agar men Bay Area (San-Fransisko)ga borsam, do‘stlarimning uylaridagi bo‘sh yotoqxonalar orasida kezib yuraman”, — degan u.
“Market Watch” ma’lumotlariga ko‘ra, “Forbes” Maskning boyligini 269,5 mlrd dollarga baholagan. Maskning qayd etishicha, u har yili milliardlab dollarlarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflamaydi, biroq shaxsiy samolyotdan foydalanishga o‘rganib qolgani uchun uning xarajatlari hamon yuqori.
“Agar samolyotdan foydalanmasam, ishlashga vaqtim kam bo‘ladi”, deb tushuntirgan Mask.
O‘tgan iyun oyida u, asosan, Ostindagi boshqa kompaniyasi “SpaceX” shtab-kvartirasiga juda yaqin joylashgan 50 ming dollarlik ijaraga olingan uyda yashashini ma’lum qilgan edi.








