Jahon

Rossiya shu yerda, Yevropada — Makron

Fransiya prezidenti nima uchun Moskva bilan muloqotni davom ettirishini izohladi.

Rossiya shu yerda, Yevropada — Makron

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan aloqa qilishda davom etishini maʼlum qildi. Bu haqda u France 5 telekanali efirida aytgan.

 

"So‘nggi kunlarda muloqot intensivligi past bo‘ldi. Lekin men saylov kampaniyasini olib borayotganimni tushunish kerak. Biz ertangi kunga, tinchlikka tayyor bo‘lishimiz kerak. Buni esa Rossiya bilan muloqotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu Yevropa va BMT xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi bo‘lgan Fransiyaning roli. Shu bilan birga biz bo‘lajak tinchlikning kafolatchilaridan biri bo‘lishimiz lozim" , — degan u.

 

Makron Putin bilan keyingi telefon muloqoti qachon bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.

 

"Tarix va geografiya qaysar faktorlar — Rossiya shu yerda, Yevropada", — deb qo‘shimcha qilgan Fransiya yetakchisi.

 

Avvalroq Putin Ukraina bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytgandi. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiya shu yerda, Yevropada — Makron | Zamon.uz