Samarqandda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga olindi
U ikki kishini 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mahalliy fuqarolarni noqonuniy ravishda xorijga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1967-yilga tug‘ilgan shaxs o‘zining jinoiy sheriklari bilan birga 2 nafar fuqaroni Isroil davlatiga yubormoqchi bo‘lgan. U bu ishni 30 ming dollar evaziga bajarishga kelishadi va so‘ralgan pulning 13,1 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








