Toshkentda “BMW” avtohalokatga uchradi
Hodisa oqibatida yo‘lovchi jarohatlangan.

Bugun, 20-aprel kuni soat 07.30 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek ko‘chasida “BMW” rusumli avtomashina yo‘l-transport xodisasiga uchradi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinada harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan. Shundan so‘ng avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga borib o‘rilgan.
Hodisa oqibatida avtomobilda bo‘lgan 21 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








