Toshkentda temiryo‘ldan harbiy texnikalar nima uchun olib o‘tilgandi?
Mudofaa vazirligi holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent aeroporti yonidagi temiryo‘ldan vagon-vagon harbiy texnikalar olib o‘tilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi.
Videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlariga yuborilishi aks etgan.








