Uch oy ichida YAIM 5,8 foizga o‘sdi
2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so‘mni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8% ortgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.







