Afg’onistondagi masjidda yana portlash sodir bo’ldi
Oqibatda 10 kishi halok bo’lgan.

Afg'onistonning Mozori-Sharif shahridagi masjidda portlash sodir boʻldi. Oqibatda oʻn kishi halok boʻlgan.
Afg‘onistonning “Tolonews” agentligi tuman kasalxonasi bosh shifokoriga tayanib, 65 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Bu bir hafta ichida sodir etilgan ikkinchi terakt hisoblanadi. Ikki kun avval Kobuldagi shia maktabida ham portlash yuz bergandi. Unda olti qurbon bo’lgan.
Shuningdek, 21-aprel kuni Qunduzda yana portlash sodir bo‘ldi. Politsiya vakilining jurnalistlarga aytishicha, u yerda toliblar harbiy bo‘linmasi mexaniklarini olib ketayotgan mashina portlagan. 4 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan.








