Jonson Hindistonga Ukraina bo‘yicha “dars o‘tmoqchi” emas
Britaniya bosh vaziri 21-22 aprelda Dehlida bo‘ladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Hindistonga tashrifi davomida Nyu-Dehlining Ukraina masalasidagi pozitsiyasini o‘zgartirishga harakat qilmaydi. Bu haqda The Times of India gazetasi xabar berdi.
“Ukraina mavzusi kun tartibida bo‘ladi. Biz Hindiston pozitsiyasini o‘zgartirishga harakat qilmaymiz. Dehli bilan muhim xalqaro hamkor sifatida samarali ishlaymiz”, degan u jurnalistlar bilan suhbatda.
Shuningdek, Jonson Moskva va Dehli o‘rtasidagi tarixiy munosabatlarni tushunishini aytgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri 21-22 aprel kunlari Hindistonda bo‘ladi.
Shuningdek, gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, muzokaralarning asosiy mavzusi Hind-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat bo‘ladi.
Avvalroq Jonson Narendra Modi bilan erkin savdo kelishuvini muhokama qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







