“Marvel” Rossiyada komikslar savdosini to‘xtatdi
Kompaniya shu yilning yozidan boshlab rossiyalik hamkorlarga komikslar uchun litsenziya berishni to‘xtatadi.

Amerikaning “Marvel” kompaniyasi Rossiyada o‘zining yangi komikslari uchun lisenziyalar savdosini to‘xtatdi.
Qayd etilishicha, kompaniya Rossiyadagi hamkorlarga xatlar jo‘natgan, unda komikslar sotishni va lisenziyalarni uzaytirishni to‘xtatish haqida ma’lum qilingan.
Maktubda aytilishicha, “Marvel” sotib olingan lisenziyalarni bekor qilmaydi. Biroq kompaniya 2022-yilning yozidan boshlab yangi lisenziyalar sotib olishni to‘xtatmoqda. Ya’ni eski komikslarning yangi nashrini chop etish yoki yangilarini chiqarish taqiqlanadi.








