Samarqanddagi eng yirik savdo markazini ham “suv bosdi”
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda roppa-rossa bir yil oldin foydalanishga topshirilgan “Family Park” ko‘ngilochar savdo markazining tom qismidan suv oqayotganini ko‘rish mumkin.

Kecha, 20-aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatilarida kuchli yog‘ingarchilik, sel va suv toshqinlari kuzatildi.
Mazkur hodisa ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetkazdi. Ular orasida hatto yaqin bir yil ichida qurib, foydalanishga topshirilgan savdo-ko‘ngilochar maskanlari ham bor. Buni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orqali bilish mumkin.
Xususan, tarqalgan videolardan birida Samarqand shahrida joylashgan “Family Park” oilaviy ko‘ngilochar maskanining tom qismidan suv oqayotgani aks etgan.
Ma’lumot uchun: ushbu majmua 2021-yilning mart oyida foydalanishga topshirilgan. Unda mintaqadagi eng yirik kinoteatr, muz saroy va karting markazi, shuningdek, supermarket va bir qator ko‘ngilochar o‘yinlar mavjud.








