O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi monomarkazga bordi

Prezident markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, kasb o‘rganayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi monomarkazga bordi

 

O‘zbekiston Ruspublikai Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida Koson tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.

 

Bu yerda texnika va xizmat ko‘rsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.

 

Eng muhimi, o‘qish, o‘rganish yoshi chegaralanmagan. Bu yerda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin. Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni o‘rganmoqda. Ularga jahon standartlari darajasida ko‘nikma berish  maqsadida Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlaridan mutaxassislar jalb qilingan. Markaz qoshida xorijiy tillarni o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bu yerda nafaqat Koson, balki qo‘shni tumanlardagi ishsiz fuqarolarga 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan kurslarda dars beriladi.

 

Prezident markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, kasb o‘rganayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

 

– Sizlarning ertangi kuningizga befarq bo‘lmay, kasbga intilishingiz meni xursand qildi. Bunday markazlarni nima uchun qilayapmiz? Ilgari yoshlar kasb egallashi uchun Toshkentga yoki boshqa shaharlarga borardi. Endi o‘sha sharoitlarning o‘zi yoshlarning oldiga kelyapti. Maqsadimiz – aholini kasb-hunarli qilish. Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi, kerak bo‘lsa uyidan olib ketishadi. Shuning uchun bu imkoniyatlardan foydalanib, yo‘lingizni topib olishingiz kerak, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi monomarkazga bordi | Zamon.uz