O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Kosonda fermerlar bilan uchrashdi

Prezident dala atrofidagi bo‘sh joylarda meva-sabzavotlar yetishtirish zarurligini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev Kosonda fermerlar bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi “Koson” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.
82 gektar maydonga ega xo‘jalik asosan shu ekinlarga ixtisoslashgan. O‘tgan yili paxtadan 41, g‘alladan 70 syentnerdan oshirib hosil olingan. Daromad ham shunga yarasha yaxshi bo‘lgan - o‘tgan yili 357 million so‘m daromad topilgan.

 

Buning evaziga xo‘jalikka texnikalar xarid qilindi, suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatildi.

 

– Bozor iqtisodiyotida ishni harakatlantiruvchi kuch nima? Manfaat. Fermer xo‘jaliklari ham daromadni ko‘paytirishni o‘ylashi kerak. Daromad bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Unumdorlikni oshirish uchun foydaning bir qismini ilmga, yangi texnologiyalarga sarflash kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Fermer xo‘jaligida paxta va g‘alla dalalari atrofiga tok, tut va oshqovoq ekilgan. Prezident bu tajribani kengaytirib, barcha klaster va fermer xo‘jaliklari dalasidagi atrofidagi bo‘sh joylarda meva-sabzavotlar yetishtirish zarurligini ta’kidladi.

 

Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligida eng katta muammolardan biri – suv kamligi. Shu bois yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

“Koson” fermer xo‘jaligida ham yomg‘irlatib sug‘orish tashkil etilgan 23 gektar g‘alla baravj o‘smoqda. Bu yil yana 23 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib hamda 30 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinadi. Natijada 46 ming metr kub cuv, 11 tonna mineral o‘g‘it iqtisod qilinadi.

 

Shu yerda suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish tizimini takomillashtirishga oid loyihalar muhokama qilindi. Davlat rahbari klasterlarga qarashli yerlarga suv yetkazib berish bo‘yicha ular bilan davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev Kosonda fermerlar bilan uchrashdi | Zamon.uz