Toshkentda 42 yoshli erkak o‘zini 9-qavatdan tashlagani ma’lum bo‘ldi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bugun, 21-aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat prosessual qonunchiligiga rioya qilgan holda voqea joyi atrofi belgilangan tartibda o‘rab olingan hamda Toshkent shahar prokuraturasi tergov xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.








