Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida bolalar namoyish o‘tkazdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamshiraning binoga kirishiga qarshilik qilib, plakatlar ko‘tarib chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo‘yicha ombudsman, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi va tegishli mutassadilar ushbu muassasaga kelib, vaziyatni o‘rganishgan.
Aniqlanishicha, muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangan.
“Ayni damda muhit barqaror, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi bo‘yicha shug‘ullanmoqdalar, vaziyat nazoratga olingan”,— deyiladi xabarda.








