Toshkentning 4 ta ko‘chasi vaqtincha yopilmoqda
Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, 23-24 aprel kunlari “Xalqlar do‘stligi” maydoni atrofidagi ko‘chalarda sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati–2022” bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan poytaxtning quyidagi ko‘chalari musobaqa kunlarida soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladi:
— Furqat ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
— Islom Karimov shohko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
— Bunyodkor shohko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
“Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.








