“Yandex” investitsiya dasturlarini to‘xtatdi va prognozlarini bekor qildi
Kompaniya sanksiyalarning salbiy taʼsiri tufayli shu qarorni qabul qilgan.

“Yandex” ko‘plab investitsion loyihalarini to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida so‘z boradi.
“Biz Rossiya ichkarisida, shuningdek, xorijdagi ko‘plab investitsiyalarni to‘xtatdik yoki qisqartirdik. Sanksiyalar, rubl kursi pasayishi yoki salbiy isteʼmol kayfiyati natijasidagi har qanday iqtisodiy pasayish bizning moliyaviy holatimiz hamda faoliyatimiz samaradorligiga negativ taʼsir o‘tkazadi”, – deyiladi bayonotda.
Shuningdek, kompaniya barcha prognozlarini bekor qildi.
Bundan tashqari, “Yandex”rossiyaga qarshi iqtisodiy cheklovlar elektron savdo biznesiga salbiy taʼsir o‘tkazishini qayd etgan.
Avvalroq Avstraliya rossiyaning 14 korxonasiga sanksiya kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







