AQSH Ukraina bo‘yicha koordinator tayinladi
U harbiy yordam masalasi bilan shug‘ullanadi.

AQSH administratsiyasi general-leytenant Terri Volfni Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha koordinator etib tayinladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik kengashiga tayanib The Hill xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Terri Volf yaqinda Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan Vashington va uning ittifoqchilarning Ukraina bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo‘yicha koordinatorlikka jalb qilingan.
Payshanba kuni Jozef Bayden Kiyevga qo‘shimcha 800 million dollarlik harbiy yordam paketini eʼlon qildi. U o‘z ichiga artilleriya va uchuvchisiz uchish qurilmalarini oladi.
Avvalroq Finlyandiya Ukrainaga harbiy yordam yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







