Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi qayta faoliyatini boshladi
Avvalroq elchixona vaqtinchalik Lvovga ko‘chirilgandi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevga qaytdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov maʼlum qildi.
“Maʼlum qilamizki, 2022 yil 22 aprel kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi Kiyev shahrida o‘z ish faoliyatini to‘liq tikladi.
Savollar yuzasidan Elchixonaga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Kiyev shahri, Volodimirska ko‘chasi, 16, 01901”, – deyiladi Kabuljanovning Telegram kanaliga joylashtirgan xabarida.
Avvalroq notinch vaziyat va fuqarolarning evakuatsiyasini osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston elchixonasi Kiyevdan Ukraina g‘arbidagi Kiyev shahriga ko‘chirilgandi.
2020 yildan boshlab Alisher Kurmanov O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab keladi.







