Samarqandda qariyb 5 ming dona psixotrop dori aniqlandi
Uni sotayotgan shaxslar hozirda tergov qilinmoqda.

Viloyat IIBning xabar qilishicha, 22-aprel kuni DXX xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrining “Termiz” ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Toshkent viloyati Chirchiq tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 4892 dona kuchli ta’sir etuvchi “Repagen” dori vositasini 8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda psixotrop dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlangani xabar qilingandi.








