O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga safari yakunlandi

Prezident tashrif so‘nggida Qarshi shahridagi “UzShoes” qo‘shma korxonasiga bordi.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga safari yakunlandi

 

Bugun, 22-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida joylashgan “UzShoes” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Qashqadaryoda charm xomashyosi ko‘p. Davlat rahbari viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida bu imkoniyatdan foydalanib, charm mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shundan so‘ng hududda 4 ta loyiha ishga tushirildi.

 

Xususan, “UzShoes” korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 6 million dollar evaziga tashkil etildi. Korxonaga Germaniya, Italiya va Avstriyadan uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatildi. 350 ta ish o‘rni yaratildi.

 

Korxona yiliga 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda erkaklar, ayollar va bolalar uchun 10 turdagi charm poyabzallar tayyorlanmoqda. Sifatli va chiroyli bu mahsulotlar import o‘rnini bemalol bosadi.

 

Shu bilan birga, Qarshida tikilgan poyabzallar Yevropa mamlakatlaridagi 100 dan ortiq savdo do‘konlarida sotilmoqda. Shuningdek, qo‘shni davlatlar va Hindiston bilan kelishuvlarga erishilgan.

 

Davlat rahbari poyabzallarni tayyorlash jarayonini ko‘zdan kechirdi, shu yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

 

Shuningdek, Prezident Qarshi shahrida sport ta’limi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Sportni rivojlantirish vaziri yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha 1 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdagi vazifalar ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi. Mutasaddilarga chet ellik mutaxassislarni jalb etib, seleksiya ishlari va o‘quv dasturini to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga safari yakunlandi | Zamon.uz