Haqiqatdan ham Trampning Kongressdagi tartibsizliklarga aloqasi bormi?
Avvalroq The New York Times sobiq prezidentni hodisaga javobgarligi to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2021-yil 6-yanvar kungi tartibsizliklar bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olmaganini aytdi. Bu haqda u The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
“Bu noto‘g‘ri. Men hech qachon bu bo‘yicha javobgarlikni zimmamga olmaganman”, – degan u.
Avvalroq The New York Times Trampning AQSH kongressi aʼzosi Kevin Makkartiga tartibsizliklar bo‘yicha qisman javobgarlikni zimmasiga olganini aytgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Sobiq prezident tarafdorlari 2021-yil 6-yanvar kuni Kongress binosiga bostirib kirgandi. Ular 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan norozilik bildirgandi.







