Namanganda mast haydovchi avtohalokatga uchradi
Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.

Bugun, 23-aprel kuni soat 20:30 atrofida Namangan shahrining Islom Karimov ko‘chasida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “To‘raqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” haydovchisi spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avtomashina boshqargan. U o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa chap tomoniga borib urilgan.
Oqibatda avtomashinalar texnik shikastlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.








