Jahon

Qozog‘istonda bitiruv kechasini restoranda o‘tkazish taqiqlanadi

Epidemiologik vaziyat yaxshilangani munosabati bilan joriy yilda bitiruv kechalari o‘tkaziladi. Ammo bu tadbirlarning barchasi maktab ichida o‘tkazilishi kerak.

Qozog‘istonda bitiruv kechasini restoranda o‘tkazish taqiqlanadi

 

Bu haqda Qozog‘iston Taʼlim va fan vazirligining Maktabgacha va o‘rta taʼlim qo‘mitasining tarbiyaviy ishlar va qo‘shimcha taʼlim boshqarmasi boshlig‘i Samal Qadirova maʼlum qildi.

 

"Maʼlumki, maktab o‘quvchilari maktabni bitirishni intiqlik bilan kutmoqda, chunki bu yoshlarning yangi hayotga qadam qo‘yganini bildiradi. So‘nggi ikki yil ichida koronavirus epidemiyasi maktablar va o‘qituvchilar uchun anʼanaviy xayrlashuv kechalarini o‘tkazishga yo‘l qo‘ymadi. Bugungi kunda epidemiologik vaziyat bitiruv kechasi o‘tkazish imkonini beradi. Ammo butun oqshom maktabda o‘tishi kerak. Maktab vasiylik kengashlari va taʼlim bo‘limlari bitiruvchilarning ota-onalariga ushbu tadbirlarga sarflanayotgan mablag‘ behuda ketishini tushuntirishlari zarur. Bu kun tartibidagi asosiy masalalardan biri", — dedi Samal Qadirova.

 

Taʼlim va fan vazirligi tavsiyalariga ko‘ra, bitiruv kechasi taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilishi kerak.

 

Quyidagi masalalarga ruxsat berilmaydi:

 

— bayram tadbirlariga animatorlar, dam olish agentliklari, pullik rassomlar, xususiy studiyalarni jalb qilish;

— bayram dasturxoni tashkil etish;

— avtomashinalarni ijaraga olish va shahar (tuman) bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazish; - maktab maʼmuriyati va o‘qituvchilariga sovg‘alar olish uchun mablag‘ to‘plash;

— ko‘ngilochar muassasalarda bitiruv kechalari o‘tkazish.

 

Maʼlumot o‘rnida: Qozog‘istonning barcha maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq 2022 yil 25 may kuni bo‘lib o‘tadi. Attestatlar 2022 yil 16-17 iyun kunlari tantanali ravishda topshiriladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘istonda bitiruv kechasini restoranda o‘tkazish taqiqlanadi | Zamon.uz