Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.

Ramazon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga ko‘proq qulaylik yaratish hamda transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsadida 2022 yil 3, 4, 5 may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli «Afrosiyob» poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Ushbu tashkil qilingan yangi poyezd qatnovlari haqida qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.







