O'zbekiston

Toshkentda OITSga chalingan shifokor stomatologik xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi

U bu kasallikni Instagram orqali tanishgan qizidan yuqtirib olgan.

Toshkentda OITSga chalingan shifokor stomatologik xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi

 

Toshkentda 29 yoshli yigit Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan qizdan kasallik yuqtirib oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

 

“Ikki marta ko‘rishganman. Shu bilan qaytib uchrashmadik. 2 oylardan keyin tekshirtirganimda, shunaqa kasallik (OITS – tahr.) kelib chiqdi”, — deydi yigit.


2021-yilning dekabr oyida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan yigit nazoratga olinib, shu kuni shifokor tomonidan unga OITS kasalligi va uni yuqtirish yo‘llari haqida tushuntirish berilgan.


Agarda u bila turib, boshqalarga ushbu kasallikni yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirgan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.


O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro o‘zida OIV va OITS infeksiyasi bilan kasallanganligini bila turib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari va talablarini buzgan holda taqiqlangan kasbiy faoliyat (stomotolog sifatida) bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. 


“Eng yomoni – hech kimga ayta olmasliginingiz. Uylanaman, deb endi yurgandim. Mana bu narsa bo‘lganidan keyin odam yomon tushkunlikka tushib qolarkan. Bir oylab uxlamadim. Uyqu ham, halovat ham bo‘lmadi”, — degan yigit.


Hozirda makur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (“Tanosil yoki OIV, OITS kasalligini tarqatish”) bo‘yicha ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushu moddaga ko‘ra, yigit 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda OITSga chalingan shifokor stomatologik xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi | Zamon.uz