Turkiya rus samolyotlari uchun osmonini yopdi
Bu haqda Putin ogohlantirilgani ma’lum qilindi.

Turkiya Suriyaga uchayotgan Rossiya harbiy va fuqarolik samolyotlari uchun havo hududini yopdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
“Biz uch oylik ruxsatnoma bergandik. Bu aprel oyida tugaydi”, — degan u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on avvalroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni bu haqda ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Ozarbayjon bilan ittifoqchilik munosabatlarini rasman tasdiqlagani xabar qilingandi.








