Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
Hukumat rahbari Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi delegasiya 24-aprel kuni Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda “Minsk-Novosti” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, delegasiya tarkibi davlat va biznes vakillaridan iborat. Ular ikki davlat o‘rtasida sanoat, farmasevtika va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokara olib boradi.
Roman Golovchenko ikki kunlik tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashadi.
Bundan tashqari, xorijiy mehmonlarning biznes forumda ishtirok etishi, “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi va Texnoparkka tashrif buyurishi rejalashtirilgan.








