Fransiyada prezidentlik saylovining 2-bosqichi boshlandi
Davlat yetakchiligiga Emmanuel Makron va Marin Le Pen nomzodi qo‘yilgan.

Bugun, 25 aprel kuni Fransiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga start berildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab 70 mingta saylov uchastkasi ochilgan. Bu bosqichda amaldagi Prezident Emmanel Makron va “Milliy birlik” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen nomzodlariga ovoz beriladi.
Saylov mahalliy vaqt bilan soat 08.00 da boshlandi. Bu jarayon ayrim hududlarda soat 19.00 da, ba’zilarida esa 20.00 da yakunlanadi.
Yakuniy natijalar Konstitusiyaviy kengash tomonidan 28 aprelgacha e’lon qilinadi. Yangi prezident inagurasiyasi 14 maygacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.








