Magistraturaga kirishda mutaxassislik fanlaridan topshiriladigan imtihon bekor qilinishi mumkin
Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda Abduqodir Toshqulov tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga to‘xtalib, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil so‘z yuritgan.
Xususan, vazir joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirish tartibi bekor qilishi mumkinligin aytgan.
“Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz. O‘zi shunday ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi”, — degan Abuqodir Toshqulov.
Muloqotda, shuningdek, san’atshunoslik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ham alohida davlat stipendiyalarini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlangan.








