O‘zbekistonlik otaxon Makkaga piyoda yo‘l oldi
Hozirda u Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga yetib borgan.

O‘zbekistonlik 64 yoshli otaxon Makkaga piyoda yo‘l oldi. Ziyoratchi o‘ziga velosipeddan arava yasab, unga oziq-ovqat va kiyim-kechak joylagan. Tunni ochiq osmon ostida uxlab o‘tkazmoqda.
Otaxon bir kunda taxminan 25–30 kilometr yo‘l bosmoqda. Hozirda u Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga yetgan. 10 kundan so‘ng Aqtau shahriga boradi va u yerdan paromda yo‘lni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, bu otaxon uchun ikkinchi haj safari hisoblanadi. Ziyoratchi 2015 yilda ham Makkaga piyoda borib kelgan.








